Orinyak madaniyati
Orinyak madaniyati (arxeologiyada) — G’arbiy Yevropadagi so’nggi paleolit davri madaniyati. Frantsiyadagi (yuqori Garonna departamenti) orinyak (Aurignak) g’ori nomidan olingan. Orinyak madaniyatida tasviriy san’atning eng qadimgi turi haykaltaroshlik paydo bo’lgan. Orinyak madaniyatining ilk davrida yorma texnika takomillashgan. Ushbu davr odamlari hozirgi zamon odami tipiga (Homo Sapiens) tegishli bo’lgan.