Orol svitasi
Orol svitasi — miosen davriga mansub yotqiziqlar kompleksi. Rossiyalik geolog A. L. Yanshin tomonidan ajratilgan. Orol dengizining g’arbiy sohilida. Orol svitasi sarg’ish-kulrang qum, ko’kimtir giltosh, rangli qumtosh va chig’anoqli qatlamlardan tarkib topgan. Umumiy qalinligi 90 metrga yetadi. Stratigrafik ahamiyatga ega.