Oshxona
Oshxona — so’nggi mezolit davri manzilgohi. Sharqiy Pomirdagi Mirkansuv daryosining o’ng irmog’i havzasida, Uysu muzligi (Tojikiston)dan 12 kilometr uzoqlikda (dengiz sathidan 4100 metr balandlikda) joylashgan. Tosh qurol ishlaydigan ustaxona va manzilgohdan iborat. 1957 yil V. A. Ranov boshchiligidagi Tojikiston Fanlar Akademiyasi arxeologik otryadi o’rgangan. Oshxonadan mezolitdan ilk neolitga o’tish davrini qamrab oluvchi 4 ta madaniy qatlam ochilgan. Oshxona materiallari kvars va chaqmoqtosh qurollarga arxaik paleolit usuli bilan ishlov berilganligini va mikrolitlgf, nukleuslar paydo bo’layotganligini ko’rsatadi.