Ot kuchi
Ot kuchi — tizimga kirmagan quvvat birligi; Ot kuchi bilan belgilanadi. O’zbekiston va boshqa bir qancha mamlakatlarda 1 Ot kuchi=735,499 Vt (AQSh va Buyuk Britaniyada 1 Ot kuchi = 745,7 Vt). Bu tushuncha fanga 18-asrda kiritilgan. Texnikaning bir qancha sohalarida (asosan, avtomobilsozlik va traktorsozlikda) qo’llaniladi.