Polimerbeton (plastbeton)

Polimerbeton (plastbeton) – betonlarning bir turi, unda kimyoviy jihatdan bardoshli to’ldirgichlarning 0.15 mm.dan kichik o’lchamga ega bo’lgan zarralarini, chaqiq tosh va o’lchami 5 mm.gacha bo’lgan qum zarralarini o’z tarkibiga kirituvchi sintetik polimerlar (odatda poliefirli, epoksidli, furanoilovli, fenoloformaldegidli smolalar) bog’lovchi sifatida xizmat qiladi. Polimerbeton yuqori mustahkamligi (siqilishdagi mustahkamligi 50-120 MPa, egilishdagi mustahkamligi 12-40 MPa), yedirilishga (yeyilishga) qarshi chidamliligi, universal kimyoviy bardoshliligi, boshqa materiallarga yaxshi adgeziyalanishi bilan betonlarning boshqa turlaridan ajralib turadi, yuk va yoqilg’ilarning ta’siri ostida deformatsiyalandi. Polimerbetondan yo’l, ko’prik, ishlab chiqarish xonalarining pol qoplamalarini bajarishda, tyubinglar tayyorlashda, quvurlar va shaxtalarni mustahkamlashda, sanoat binolarining yuk ko’taruvchi konstruksiyalarini koshinlashda foydalaniladi. Metall bilan armaturalangan polimerbeton (po’lat-polimerbeton) yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan materialdir.

Fikr bildirish