Pollar uchun keramik plitka va pardozbop, sopol (metlax) plitka
Pollar uchun keramik plitka va pardozbop, sopol (metlax) plitka – bo’yoqlar qo’shish bilan loydan ishlangan plitkalarni pishgunga qadar qizdirish yo’li bilan olinadigan plitkalar. Tashqi sirti tirnalgan, silliq, rasmlar bosilgan holatda bo’lishi mumkin, ikkinchi (ichki) qismi esa qorishma yoki mastika bilan yaxshi birikishi uchun g’adir-budir holatda tayyorlanadi. Mazkur plitkalarning chinni, farfor va loydan ishlangan (kulolchilik) turlari mavjud. “Metlax plitkasi” Germaniyadagi Metlax shahrining nomidan kelib chiqqan bo’lib, bu shaharda plitkalarni tayyorlash bo’yicha birinchi sanoat ishlab chiqarilishi tashkil etilgan.