Qora tuproq
Qora tuproq – deyarli qora rangdagi unumdor, donador strukturali tuproq. Ustki qatlamida 12% chirindi bor. Lyoss, lyossimon gil va qumoqlar ustida paydo bo`lgan. Dasht va o`rmonli dasht zonalarida tarqalgan: G`arbiy va Janubi-Sharqiy Yevropada, Osiyoda Mongoliya va Xitoyda, Shimoliy Amerikada AQSh G`arbida, Kanadaning janubida, Janubiy Amerikada – Argentina va Chilining janubida, Karpat tog`laridan Oltoygacha keng polosa bo`ylab joylashgan. Qora tuproq yerlarda bug`doy, qand lavlagi, kungaboqar, konoplya, zig`ir, grechixa, loviya ekiladi, chorvachilik, mevachilik, sabzavotchilik rivojlangan.