Qoratog`
Qoratog` – yozda ustida qor turmaydigan past tog`lar. Landshafti asosan chala cho`l, tog`-dasht landshaftlaridan iborat bo`ladi. Daryolari kam, borlari ham kam suv, ko`pchiligi yozda qurib qoladi. Vaqtli suvlar oqadigan quruq soylar ko`proq uchraydi. O`rta Osiyoda shu nomdagi tog`lar juda ko`p. Qora tusli jinslar – slanetslardan tashkil topgan tog`lar ham shu nom bilan yuritiladi.