Quyosh sistemasi
Quyosh sistemasi – Quyosh, 8 planeta (Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturi, Uran, Neptun) va ularning yuldoshlaridan iborat osmon jismlari sistemasi. Quyosh sistemasida bundan tashqari bir necha o`n ming kichik planeta (asteroid), ko`pdan-ko`p kometa va mayda meteor jismlar bor. Quyosh sistemasidagi barcha jismlar Quyosh atrofida, barcha planetalar yana o`z o`qi atrofida aylanadi. Quyosh sistemasi juda katta yulduzlar sistemasidan iborat Galaktika tarkibiga kiradi.