Rabinjon oltin-mis koni

Rabinjon oltin-mis koni — Zirabuloq tog’larining shimoli-sharqida joylashgan kon. 1958 yilda ochilgan. Oltin-sulfid-kvarsli konlar guruhiga mansub. Konning geologik tuzilishini akademik H. N. Boymuhamedov boshchiligidagi mutaxassislar guruhi o’rgangan. Kon quyi va yuqori silur, devon davrlarining cho’kindi-metamorfik jinslari va mezokaynozoy yotqiziqlaridan tarkib topgan. Rabinjon oltin-mis konida sof oltin, elektrum (kumushli sochma oltin), oltin telluridi, bornit, xalkopirit, xalqozin va kovellin kabi foydali qazilmalar mavjud. Shuningdek, kvars, kaltsit, ankerit, flyuorit, molibdenit, pirit, arsenopirit, lyollingit, pirrotin, kumush telluridi ham uchraydi. Rabinjon oltin-mis konining minerallari, asosan, termalmetamorfik, skarnligidrotermal va gidrotermal bosqichlarda hosil bo’lgan. Rabinjon oltin-mis koni Zirabuloq — Ziyovuddin rudali rnidagi istiqbolli kon.