Radiospektroskopiya

Radiospektroskopiya (radio… va spektroskopiya) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi moddalarni tadqiq qilish usullari majmui. Radioto’lqinlarning nurlanishi va rezonans yutilish spektrlarini o’rganishga asoslanadi. Dastlab (1933) ammiakning inversion spektrini tadqiq qilishda qo’llanilgan. Optik spektroskopiya, infraqizil spektroskopiya va Myossbauer uspektroskopiyadan farqli ravishda, Radiospektroskopiya energiyaning ichki kvantlari spektroskopiyasi hisoblanadi, shuning uchun unda energiyaning bir-biriga yaqin turgan satxlari orasidagi energiya o’tishlari tadqiq qilinadi. Radiospektroskopiya usullari tadqiqotlarda foydalaniladigan fizik effektlarga bog’liq bo’ladi. Eng keng tarqalgan usullar; antiferromagnit rezonans, elektron paramagnit rezonans, ferromagnit rezonans, tsiklotron rezonans, yadroviy magnit rezonans, mikroto’lqinlar Radiospektroskopiyasi, Radiospektroskopiya kvant genera h torlar va kuchaytirgichlar, lazerlar, molekulyar generatorlar, aniq vaqt va chastota standartlari va boshqalarning yaratilishiga asos bo’ldi.