Radiy

Radiy (lotincha radius — nur, Radium), Ra — Mendelev darviy sistemasining II guruhiga mansub radiaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 88, atom molekulasi 226,0254. Radiy massa jihatidan yer po’stining 1010% ini tashkil qiladi. Radiy 1898 yilda M. va P. Kyurilar tomonidan uran rudasida uranning radiaktivlik xossalarini o’rganish paytida kashf etilgan. Radiy ikkinchi radiaktiv elementdir (birinchisi poloniy). Uran rudasining 1 tonnasida 0,34 grammgacha Radiy bo’ladi. Radiyning massa soni 213,215 va 219-230 bo’lgan 14 ta izotopi ma’lum. Bulardan eng uzoq mavjud bo’luvchi 226Ra(T1/2=1620 yil). 1910 yilda M. Kyuri va A. Debern Radiy tuzlarini simob katod bilan elektrolizlab Radiy amalgamasini, undan simobni haydab sof Radiy olishga muvaffaq bo’ldilar. Sof Radiy havoda tez oksidlanadigan kumushdek oq metall. Suyuqlanish temperaturasi 700— 960°, qaynash temperaturasi 1140°, zichligi 5,5 g/sm3. Radiy va uning birikmalaridan doim chiqadigan nur elektr va magnit maydonida 3 tarkibiy qismga (a, r va unurlarga) ajraladi. Radiy kimyoviy xossalari jihatidan bariyga o’xshaydi. Havoda Radiy sirti radiy nitrid Ra3N2ning qora pardasi bilan qoplanadi. Metall Radiy suvga ta’sir etganida vodorod ajralib chiqib, kuchli ishqor — radiy gidroksid Ra(OH)2 hosil bo’ladi. Radiy tuzlari oq rangli, lekin ular asta-sekin radioaktiv parchalanib, vaqt o’tishi bilan sariq yoki jigarrang tus oladi. Radiyning bir qancha kompleks birikmalari ma’lum. Radiyning o’simlik organlari va to’qimalarida to’planishi mineral moddalarning yutilish umumiy qonunlariga bo’ysunadi va o’simlik turi hamda uning o’sish sharoitiga bog’liq. Odatda, Radiy o’t o’simliklarning iddizi va yaproqlarida ko’proq bo’ladi. Po’stloq va yog’ochlikda ayniqsa ko’p. Radiy odam va hayvonlar organizmiga ovqat hamda suv orqali o’tadi. Odam organizmiga bir kecha-kunduzda kiradigan 226Ra ning miqdori 2,310~12 Kyurini tashkil etadi. Organizmdagi Radiyning 80% ga yaqini (u kimyoviy xossasiga ko’ra, sa ga yaqin) suyak to’qimalarida tuplanadi. Organizmda Radiy miqdori ko’payib ketsa, osteoporoz, suyakning o’z-o’zidan sinishi va shish kasalliklari kabi yomon oqibatlarga sabab bo’ladi. Tuproqda Radiy miqdori 1 10 7— 10~8 Kyuri/kg dan oshib ketsa, o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi qiyinlashadi. Radiy yorqin bo’yoqlar tayyorlashda, radon olishda ko’plab ishlatiladi. Radiy tuzlari o’g’itga oz miqdorda qo’shilsa, paxta, kungaboqar, lavlagi, sabzi, bodring va boshqa o’simliklarning unumdorligi oshadi.