Raftor
Raftor (forscha — yurish) — bir maromda to’lqinsimon harakatdagi naqsh chizig’i (tanob, novda). Naqsh mujassamotida ingichka va keng hoshiya bo’ylab bir yoki ikki tomonga yo’naltiriladi; Raftor naqsh mujassamotida 1-darajali o’rin tutadi; gul, g’uncha, barg, marg’ula, kurtaklar esa 2-darajali bo’lib, mujassamotni to’ldiradi. Raftor tasvirlangan novda soniga qarab 4 ko’rinishda (yakraftor — 1, duraftor — 2, seraftor — 3, chorraftor — 4) uchraydi; barchasida ham to’lqinsimon harakat bir tomonga yo’naltiriladi. Faqat Xorazm ustalari duraftorning har bir Raftorini bir-biriga qarama-qarshi yo’naltirib ham qo’llaydilar. Amaliy bezak san’atining bezak mujassamotida keng qo’llaniladi.