Rasul Mirzo

Rasul Mirzo (taxallusi; asl ism-sharifi Rasul Ibrohim o’g’li Rzayev) [1910.6(19).5, Geokchey shahri — 1981, Boku] — Ozarbayjon xalq shoiri (1960). Ozarbayjonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944). Mehnat Qahramoni (1980). Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi (1938-39), Ozarbayjon Kinematografiya vaziri (1945-49), Ozarbayjon sovet entsiklopediyasi bosh muharriri (1965-75). «Germaniya», «Karmen», «To’xta, jallodlar!»she’rlarida xalqning fashizmga, mustamlakachilikka qarshi kurashi aks etgan. «O’lmas qahramonlar», «Baxtiyor» (1942), «g’azab va sevgi» (1943), «davomli aks sado» (1970), «shamolga qarshi» (1978) she’r va dostonlar tuplami, «Layli va Majnun» (1973) dostoni, «vafo» (1943), «Og’alar» (1956), «Qonun» (1963) kabi pyesa va ocherklar muallifi.