Ravishdosh

Ravishdosh — fe’lning ravish ga xos vazifada qo’llanish uchun maxsuslashgan shakli. Ravishdosh harakatning belgisini bildirib, uning biror xususiyatini ko’rsatadi. Ravishdoshlar harakatni ifodalovchi har qanday fe’l bilan qo’llana oladi. Ular, asosan, harakatning belgisini, jumladan, paytini, maqsadini, sababini bildirib, gapda hol bo’lib yoki ergash gapning kesimi vazifasida keladi. Hozirgi o’zbek tilida Ravishdoshning bir necha shakllari bor, ular quyidagi qo’shimchalar yordamida yasaladi: — (i)b — o’qib, ko’rib; — a, — y—kula-kula, yig’lay-yig’lay; — gach (—kach, — qach), —kelgach, tikkach, chiqqach; — gani (—kani, — qani) — ko’ringani, to’kkani, soqqani; — guncha (—kuncha, — quncha) — borguncha, cho’kkuncha, taqquncha kabi. Ravishdoshning bo’lishsiz shakli — may, — masdan qo’shimchalari bilan yasaladi: o’qib— o’qimay, o’qimasdan kabi.