Repatriatsiya

Repatriatsiya (lotincha Repatriation — Vatanga qaytish) — urush oqibatida vatanidan tashqariga chiqib qolgan harbiy asirlar va fuqarolarni, shuningdek, fuqarolik huquqi tiklangan muhojirlarni o’z vataniga qaytarish. Repatriatsiya odatda, xalqaro shartnomalar asosida amalga oshiriladi (masalan, harbiy asirlarni Repatriatsiya qilish). Shuningdek, shartnomadan tashqari asosda ham bo’lishi mumkin. Bu holda Repatriatsiya qilish imkoniyati manfaatdor davlat yoki davlatlar qonunlarida nazarda tutilgan bo’lishi kerak.