Ribakov Arkadiy Andreyevich

Ribakov Arkadiy Andreyevich (1897.23.2, Belorussiya, Polosk uezdi — 1991.20.6, Toshkent) — mevashunos olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1958), qishloq xo’jalik fanlari doktori (1950), professor (1951). Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo’jalik akademiyasini tugatgan (1923). Belorussiyada (1923-31) ishlagan. 1931-45 yillarda O’zbekiston bog’dorchilik szlari tresti («Uzsadsovxoztrest») planlashtirish bulimi boshlig’i va bosh agronom, 1945— 51 yillarda Shreder nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot institutida bo’lim mudiri va ilmiy ishlar bo’yicha direktor muovini. 1951-82 yillarda Toshkent qishloq xo’jaligi institutining mevachilik va uzumchilik kafedrasi mudiri bo’lgan. Ilmiy ishlari O’zbekistonda bog’dorchilik va tokchilik, ularni rivojlantirishning amaliy va nazariy masalalariga bag’ishlangan. As: Promishlennoe plodovodstvo UzSSR, T., 1954; Biologicheskie Osnovi kulturi plodovoyagodnix rasteniy, T., 1956; O’zbekiston mevachiligi (darslik), T., 1967 (hamkorlikda).