Robiya Sulton begim maqbarasi
Robiya Sulton begim maqbarasi — Turkiston shahri (Qozog’iston)dagi me’moriy yodgorlik (15-asr) Yassaviy majmuasi tarkibida. Ulug’bekning qizi Robiya Sulton begimga atab qurilgan. Maqbara tarhi 8 qirrali, bosh tarzidagi peshtoq bo’rttirib ishlangan. Ichki qismi ham 8 qirrali, uning har bir qirrasi ravokli tokchalarga bo’lingan. Robiya Sulton begimning Marmar qabr toshi turli o’yma naqsh va yozuvlar bilan bezatilgan. 1898 yilda maqbara butunlay buzib tashlangan. 1972-75 yillarda qayta tiklash va ta’mirlash ishlari olib borilgan. Ad.: Arxitekturniy kompleks Axmeda Yasavi, Almaata, 1988.