Donolar mehnat haqida
Inson avvalo harakat qiladi va harakatning yengil bo’lishini, keyinchalik shu harakati bekorga ketmasligini istaydi. Abu Nasr Forobiy
Maqsadni amalga oshirishga qasd va g’ayrat qilish mo’ljallangan ishni bajarishda katta ahamiyatga egadir. Abu Nasr Forobiy
Odatda go’zal va manfaatli ish-haraktning o’zi ham yaxshi fazilatdir, o’ta ketgan foydali narsa esa g’oyat go’zal hamdir. Abu Nasr Forobiy
Aqlli kishi o’zining butun qobiliyati va idrokini yaxshi ishlarni amalga oshirishga, yomon ishlardan o’zini saqlashga qaratgan bo’lmog’i kerak. Abu Nasr Forobiy O’zidan boshqalarga rahbarlik qilish, ularni baxt-saodat yo’liga yetaklash har kimning qo’lidan kelavermaydi. Kimki birovni baxt-saodatga sazovor etish, zarur bo’lgan ishga ruhlantira olish qobiliyatiga ega bo’lmasa, bunday odam rahbar bo’lmasligi kerak. Abu Nasr Forobiy
Har bir insonning qadr-qimmati o’z ishini qoyil qilib bajarishidadir. Abu Rayhon Beruniy
Kim uchsa sa’y-jahd qilmay shuhratga Karam libosiga ko’zi bo’lsa och, G’aflat soyasida shod bo’lur, ammo Sharaf kiyimisiz qolur yalang’och. Abu Rayhon Beruniy
Idora qilish va boshqarish – rohatdan mahrum bo’lish degan so’zdir. Abu Rayhon Beruniy
Qilaver bugun qilolgan har qanday ishing, Bugun qilmasang, ertaga mushkul qilishing. Abu Ali ibn Sino Yaxshidur ketmasdan ushbu jahondan, Aqling xalos bo’lsa har pushaymondan. Erta qo’ldan kelganini qilmoqdan ojiz – Qolasan, foydalan bu kun imkondan. Abu Ali ibn Sino Mehnatu bedorlikka oshno bo’l, ey rafiq, Barcha yo’llar ichra senga bu asl yo’l, ey rafiq, Bu jahonda qo’lga kirmas bemashaqqat tole, baxt, G’aflat uyqusila bo’lsin o’zga mashg’ul, ey rafiq. Abu Ali ibn Sino
Qilish kerak bo’lgan ishlar qarzdir, bajarib qo’y, U ko’ngilning taskinidir, to’kilmaydi obro’y. Zamaxshariy Agar bo’lsa hamki yo’rg’a chopriq ot, Anga qamchi urmak lozimdir bot-bot. Zamaxshariy
E’tiqod buzuqligi bilan qilingan ish sarob yoki kulga o’xshaydi. Zamaxshariy
Samimiyatsizlik va ikkiyuzlamachilik bo’lgan ishda yaxshilik bo’lmaydi. Zamaxshariy
Ishki border riyosi, Yo’qdir oning ziyosi. Zamaxshariy Maqtovni tekinga istovchi kishi Telbadir, chunki bu telbalik ishi. Zamaxshariy
Majburiyatingni bur o’rniga qo’y, bu ko’ngil uchun rohatli va obro’ni saqlash uchun eng to’g’ri tadbirdir. Zamaxshariy
Ishga shoshilib kirishma, o’ylab har tomonlama tushunib ishla. Lip-lip chiroqni yoqishda shoshilib chaqmoq tosh chaqqanlar pilikni kuydiradilar xolos. Mahmud Koshg’ariy
Yalqovga eshik ostonasi ham tog’ tepadek ko’rinadi. Mahmud Koshg’ariy
O’z yukingni birovlarga yuklama, Og’ir ishingni boshqalarga buyurma. Mahmud Koshg’ariy Yoshlikda harakating qancha zo’r bo’lsa, Keksayganda quvonasan o’shancha. Mahmud Koshg’ariy