Donolar inson haqida

Inson materiya rivojlanishining oliy yakuni, hosilasidir. Abu Nasr Forobiy

Aql va nafs o’zining cheksiz kamoloti bilan borliqda inson bo’lib gavdalanadi. Ammo bu boshlang’ichlar ta’siri ostida kamol topib, insonga aylanishi uchun kifoya qilmaydi, chunki inson inson bo’lib, insoniy kamolotga erishuvi uchun so’zlashish va kasb-hunarga muhtojdir. Abu Nasr Forobiy

Inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Abu Rayhon Beruniy

Odamlar turmush-hayotda har xil holatlarda bo’ladilar, bularning bir turi bilan ular maqtaladilar, boshqasi bilan esa qoralanadilar. Abu Rayhon Beruniy

Inson tabiatan yashirin narsalarni, tafsiloti noma’lum bo’lgan narsalarni bilishga ehtiros bilan intiladi. Abu Rayhon Beruniy

Yaratdi qudratidan barcha olam,
Berib ilmu hunar xalq etdi odam,
Shu odam qildi dunyoni imorat,
Beribdur anga har xil zebu ziynat.
Ahmad Donish