Donolar aql haqida

Aqlli deb shunday kishilarga aytiladiki, ular fazilatli, o’tkir mulohazali, yaxshi, foydali, ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishda zo’r iste’dodga ega, yomon ishlardan o’zlarini chetga olib yuradilar. Abu Nasr Forobiy

Oqil kishining aqli uning do’stidur,
Johilning o’z nomi o’ziga haqoratdur. Yusuf Xos Hojib

Aql mash’aldur, qara, u ko’rga ko’zdir,
O’lik tanga jon, soqovga tildir. Yusuf Xos Hojib

Aqlsiz kishi mevasiz yog’och,
Mevasiz daraxtni nima qilsin och. Yusuf Xos Hojib

Aqlli kishidan odamiylik keladi. Yusuf Xos Hojib

Nodon kishining aqli qumga o’xshaydi,
Agar unga daryo oqsa ham to’lmaydi. Yusuf Xos Hojib

Aql – er kishiga ming uquvning boshi bo’lur. Yusuf Xos Hojib

Belgi bo’lsa odam yo’ldan, aqli bo’lsa, so’zdan adashmaydi. Mahmud Koshg’ariy

Baxt belgi ilm va aqldir. Mahmud Koshg’ariy

Aqli yo’q hayvondurur yo fahmi hissi yo’q-jism. Otoyi

Aqli tengsiz ersa, andisha qon,
O’rtasida gavhari ma’ni nihon. Haydar Xorazmiy

Vale har kishi bo’lsa ahli uqul,
Taammulsiz ish aqli etmas qabul. Alisher Navoiy

Yuz ganj kishiga aqldin hosildur,
Yo’qtur anga faqru foqa, kim oqildur. Alisher Navoiy

Kim aql yo’lida tutsa ma’vo oxir,
Tong yo’q el ichinda bo’lsa dono oxir.
Fahm aylamagi har ishga avlo oxir.
Kim, aql dalilidur madoro oxir. Alisher Navoiy

Dedi: har ishki, qilmish odamizod,
Tafakkur birla bilmish odamizod. Alisher Navoiy

Aql yo’q ko’rsatuvchi va… eshik ochuvchidir. Xondamir

Aqlning to’g’ri yo’l ko’rsatishi orqali yaxshi bilan yomonni, foyda bilan ziyonni, to’g’ri bilan xatoni farq qilinadi. Xondamir

Bas kishi kim oqulu dono durur,
Aqlu xushi birla tavono durur. Ogahiy

Ulki bor aqlu hushu fahmi raso,
Xulqi xushdur ham halim koni hayo. Roqim

Aqlu davlat bir-biridan ajralmas,
Aqli yo’qlar davlat qushin tutolmas. Ahmad Donish

Odami aqlu navokatda suluv,
Bo’lsa axloqi sadoqatda suluv. Anbar Otin

Oqil o’g’lon bilg’ay oqil qadrini,
Lek oni shaxsi nodon bilmag’ay. Ahmad Tabibiy

Kimki oqillar so’ziga qilsa tobe’ o’zini,
Yetgusi oxir murodin manzilig’a begumon. Almaiy