Donolar til haqida

Til – so’zlovchi istagini eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir. Abu Rayhon Beruniy

O’qishga, bilishga bu tarjimon til,
Ro’shnolikka eltar kishini u, bil. Yusuf Xos Hojib

Kishini til ulug’lasa bo’lur baxtiyor,
Kishi til tubanlasa, boshi yorilar. Yusuf Xos Hojib

Hamma tili yomon deya seni so’zlagar,
Kishi qilig’i yomondur, o’z etigini yegay. Yusuf Xos Hojib

O’tkir tilin tiygan ko’taradi bosh,
So’zin qisqartganga tegmaydi tosh. Yusuf Xos Hojib

Ko’ngul bilan tilni to’g’ri tut. Yusuf Xos Hojib

Bilimli tiliga bo’ladi pishig’,
E til sohibi, bo’l pishig’, esni yig’. Yusuf Xos Hojib

Qilichdan ham o’tkir shoirning tili,
Va qildan nozikroq xotirlash yo’li. Yusuf Xos Hojib

Eshitgil bilimlik nima aytur,
“Adablar boshi tilni tiyib turishdur”. Ahmad Yugnakiy

Tilingni puxta tutg’il, tishing sindirur,
Chiqarsa yomon so’z, tishing sinmog’i tayindur. Ahmad Yugnakiy

O’ylab so’zlagan er so’zi so’z ko’rki bo’lur,
Ko’p yanglishgan til kishiga dushman bo’lur. Ahmad Yugnakiy

So’zing bo’shdur, ezma, yig’ib tut tiling,
Yetar boshga, bo’shlig’i bir kuni bu tiling. Ahmad Yugnakiy

Aqlli bo’lurmi tili bo’sh kishi,
Ko’p boshni yedi bu til bo’shlig’i. Ahmad Yugnakiy

Tili yomon tez eldan yiroqlashur,
Dema umringni to’g’rilik bilan o’tadur. Ahmad Yugnakiy

Tiling bilan o’ch hissini qo’zg’atma,
Bilki o’q yarasi bitaru til yarasi bitmas. Ahmad Yugnakiy

Bir ul yanglishar ersa kerakli so’zin,
Ikkinchi so’zi yolg’onchi qilur el erning o’zin.
Birovdan-birovning farq qilur tili,
Va lekin ko’r, maqsadin anglatur tili. Ahmad Yugnakiy

Ravon, e Qutb, tarkin kech bo’lur bil,
Ne bilgaylar so’zlatmasang til. Qutb

Shakardek til bila shirin so’zingiz,
Necha ko’p sayd etar jonlar humoyin. Xorazmiy

Zavqu havas tilga ravonliq berur,
So’z damina ruh nishonliq berur. Haydar Xorazmiy

Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz. Alisher Navoiy

Til ilmdamidan bo’lur g’aromat hosil,
Yuz nav’a malomatu nadomat hosil. Alisher Navoiy

Ne sarfa degan kishi tili qotilidur.
Alqissaki, kimsaning balosi tilidur. Alisher Navoiy

Ko’ngulda til sinoni jarohati bitmas,
Anga hech nimai malham erin tutmas. Alisher Navoiy

Tiling bilan ko’ngulni bir tut.

Suchuk til birla, ey Obid, bu g’amli dilni shod etgil,
Kim jon tandin vido’ etguncha bu shirin zabon yaxshi. Mujrim Obid

Har tilni biluv emdi bani odama jondur.
Til vositai robitai olamiyondur. Avaz O’tar

Kimki dili birla tili bir emas,
Holi dilin so’rmog’iga arzimas,
Garchi o’zin oqilu dono olur,
Aql eli el kimsani odam demas. Oraziy