Donolar so’zlashish qoidasi haqida

Ey bo’tam, saqlagin tilingni zinhor,
Kaltak yediruvchi so’zlardan bir bor. Zamaxshariy

Omonlik tilasang agar sen o’zing,
Tilingdan chiqarma yaroqsiz so’zing. Yusuf Xos Hojib

Bu til fazli xislatlari ko’p erur,
So’kur, qarg’ar, alqar, madh etur.
Agar bo’lsa shunday bilib so’zla so’z,
To bo’lsun so’zing ko’r-basirlarga ko’z. Yusuf Xos Hojib

So’kib so’zlansa, achchiq tutar ersa til,
Suyakka urar nish, og’ritar ko’ngil.
Tayoq zarbasining izi tez o’char,
Bu til zarbidin iz qolur necha yil.
Ochiq yuz, shirib so’z bo’lib, bergin mol,
Bu uch narsa uzra senga xalq og’ar.
Sen oltin, kumushga sotib olma mol,
O’sha uchta narsa doim mol yig’ar. Yusuf Xos Hojib

Agar mangu qolmoq tilasang o’zing,
Juda ezgu tutgin fe’ling ham so’zing. Yusuf Xos Hojib

Bilib so’zla, tilni bilim saqladi. Yusuf Xos Hojib

Hamma so’zni so’z deb gapirma uzoq.
Kerak so’zni so’zla, bo’lib ko’z-quloq.
O’qimishlini ko’rdim, u oz so’zladi,
Talay so’zladim deb o’kindi biroq. Yusuf Xos Hojib

Bilimsiz nima desa, bilmay so’zlaydi,
Aning bu so’zi o’z boshin yeydi. Ahmad Yugnakiy

Bilimlik kerakl so’zni so’zlaydi,
Keraksiz so’zni ko’mib tashlaydi. Ahmad Yugnakiy

Ayo do’st, bilishlik yo’lin izlagil,
Agar so’zlasang bilib so’zlagil. Ahmad Yugnakiy

So’zlasang oz so’zla, ko’p o’rganishni odat qil. Ahmad Yugnakiy

Aylar asr bilgin oning suhbati,
Senga tegar ikki jahon davlati. Durbek

So’zlaring totlig’iin komi jon,
Topti bu kun lazzati jonu jahon.
Topti qulog’im uning lazzatin,
Topti dimog’in hidining rohatin. Durbek

Aqllining suhbatidin jon olur so’z. Xorazmiy

So’zda kerak ma’niyu – ma’nida zavq
So’zlaguchida so’z uchun dardu shavq. Haydar Xorazmiy

Orog’a kirsa mahkam imtihon,
So’zi ma’nosi bo’lur ul dam ayon. Haydar Xorazmiy

So’zingdin bilinur og’zing demishlar,
Bo’lur ma’ni bilan hal mushkul ishlar. Xo’jandiy

Bir nafas og’zingni keltur so’zga, shirinlik bila,
Kim, kelur so’z so’zlamaklik shahdu shakardin latif. Otoyi

So’zlarda dur ko’rib la’lingga der tahsinlar husn,
Bu la’lda bor xosiyati obi-hayoti. Otoyi

Kimki to’ti bekin chaynar shakkarni,
Kimki lafzi bilan o’rtar darazni.
Kimning so’zlari mavzuni shirin,
Kimining loyiqi tashrifu tahsin. Sayfi Saroiy

Tilasangkim anbar tar sochasan,
El bilan qilg’in ishorat sochasan.
Shakkar afshon qil chamanda so’z ila,
Infiol ber to’ti, bulbul sochasan. Lutfiy

Har yamon so’ze bila o’lturma bizni xoru zor,
Rasm erur shohlar vafolik qulni yaxshi asramoq. Lutfiy

Mol, amal agarchi jonga yaqinroq,
So’z kamoli undan ming bor yaxshiroq.
Barchasi jahondin yo’qolajakdir,
Dunyo turgunicha so’z qolajakdir. Abdurahmon Jomiy

Garchi so’z jilosin sochar doimo,
Vaqtida jim bo’lish dil – jonga davo. Abdurahmon Jomiy

Chin g’araz so’zdin erur ma’ni anga,
Noqil o’lsa xoh xotun, xoh er.
So’zchi holing boqma, boq so’z holini,
Ko’rma kim der oni, ko’rgilkim ne der. Alisher Navoiy

Husnu jamolsiz kishi shirin kalomi esa,
Sayd aylar elni nukta fasohat bila desa. Alisher Navoiy

Shirin tilki achchiqliqqa aylandi om o’ldi,
Qandniki achchiq boda qildilar harom o’ldi. Alisher Navoiy

Har kimki achchiq bo’ldi so’zi, anfosi,
Bor suhbatidin xalqning istig’nosi. Alisher Navoiy

Har kimki chuchuk so’z elga izhor aylar,
Har nechaki ag’yor durur yor aylar. Alisher Navoiy

Har kimsaki so’z demak shiorida durur,
Ma’no guli nutqning bahorida durur.
So’z kim demasun ulki ixtiyorida durur.
So’z yaxshilig’i chu ixtisorida duru. Alisher Navoiy

Nutqingni xalqqa o’ylakim shahd ayla,
So’z achchiq demasga haq bila ahd ayla. Alisher Navoiy

Chun sinsa ko’ngul zaxmi zabon og’rig’idin,
Kim, ermas aning og’rig’i jon og’rig’idin.
Har neki yetar sanga lison og’rig’idin,
Bilgilki, qotig’durur sinon og’rig’idin. Alisher Navoiy

Aytur so’zni ayt – aytmas so’zni qayt. Alisher Navoiy

So’z qattig’i el ko’nglini ozor aylar,
Yumshog’i ko’ngullarni giriftor aylar. Alisher Navoiy

Bir so’z etib shuncha baliyatni daf,
Kim sochibon ganj, yetishmay bu naf. Alisher Navoiy

Kimniki bilay desang maqolin tingla,
Aslin desang anchayin, fiolin angla. Alisher Navoiy

So’z zohir etar zamir ishi ko’pragidin,
Til muxbir erur ko’ngil nihon etmagidin,
Fahm ayla kishi holini so’z demagidin.
Kim berdi xabar hadisi ko’ngildagidin. Alisher Navoiy

Qaysi majlisdakim eshitsang so’z,
Bilgil so’z sanga amonatdur.
Gar ani o’zga yerda naql etsang,
Ul amonatga bul xiyonatdur. Alisher Navoiy

Bir deganni ikki demak xo’b emas,
So’z chu takror topdi dilkash emas. Alisher Navoiy

So’zni ko’ngulda pishirmaguncha tilga keltirma,
Va har nekim, ko’ngulda bor – tilga surma. Alisher Navoiy

Kim oz dedi so’z ayshu kom o’ldi anga,
So’z qoidasida intizom o’ldi anga,
Haddin o’ta har kimki kalom o’ldi anga,
Bu xil kalomdin malol o’ldi anga. Alisher Navoiy

G’iybatchi so’zi qancha senga madad bo’lg’ay,
Yaxshi-yu yomon qoshingda nobud bo’lg’ay. Bobir

Dushman so’ziga kirma, eshit do’st so’zin,
Eshitmasa do’st so’zini, dushman ne degay. Bobir

Ayt shirin nutq doim, yo’qsa xush gapiruvchi bo’l. Husayniy

Bi achchig’ so’z birla jonimni qilibsan talxkom,
Xasta jonimning iloji bir jakkarxand aylag’il. Husayniy

Har so’zi suxanvorning ham durri guhar bo’lsun,
Daryog’a cho’mar g’avvos, durdona kerak bo’lsa. Sayyodiy

Kir bir so’z oshiqona so’zla bori,
Ki sendin bizga qolsin yodgori. Sayyodiy

So’zni saqlab so’zlagan xo’b bilur so’z qadrini,
Farqi yo’q ko’p so’zlaganlar na bilur o’z qadrini. Sayyodiy

So’z gavhari garchiki border aziz,
Fahmi yo’q oldidadur bir qadrsiz. Nishotiy

Zoye etma yaxshi so’zni fahmi yo’q befahmga,
Na bilur shiru shaker lazzatini odammas…

Xalq aro ko’p so’zlama, saqlab o’zingni so’zlagil,
Tez og’izlik qilmagil, bil suhandon qadrini. Huvaydo

Agar harchand bo’lsang ahli suxanvor,
Bir aytg’on so’zni ko’p qilma takror. Sobir Sayqaliy

Har so’zda birovga ne shirin nukoti bor,
Bol tomdi og’zidinki tilida naboti bor. Mujrim Obid

Qand derlar so’zingni, yo’qsa malomat koni,
Ramzidin gul to’kilur, dur guhari ehsoni. Joniy

Shakar yanglig’ jahon ahlig’a shirin komlig’ yetkur,
Hujum etsun desang ustingda andoqkim magas ahbob. Munis Xorazmiy

Sangdil johilg’a tong yo’q, so’z agar qilmas asar,
Chunki ta’sir aylamak mumkin emas sandong’a so’z.
Har xasosat shevag’a so’zingni zoye’ qilmag’il,
So’z demak gar istasang de sohibi ehsong’a so’z. Ogahiy

So’zingg’a ahli dunyo ollida qadr istama hargiz,
Rafiul-qadr ekanni na bilun gov ila har, so’z.
Devon har sangidilg’a, Ogahiy, sindurmag’il so’zni,
Ki inson obro’yi afsarig’a keldi gavhar so’z. Ogahiy

So’zig’a boq agar bilmak tilarsan kimsa ahvolin,
Ki asrori nihoni suratig’a keldi mazhar so’z. Ogahiy

Bilmagan o’z qadrini ne bilgusi so’z qadrini,
Hayfdur dono demak nodonu beirfong’a so’z.
Ahmoq ahli bilmag’ay so’z ichra o’z behbudini,
O’zig’a qilg’ay zarar oxir chekib hazayong’a so’z. Ogahiy

Qilib so’zni vasila istama olam aro izzat,
Ki, dahr ahli qoshida keldi ma’yubu muhaqqar so’z. Ogahiy

Achchig’ so’zlar demakdin talxkom etma xaloyiqni,
Ochib chehrang chuchuk ayla kaloming bo’lsinchun qaymoq. Rojiy

Necha bejo so’z der ersang, Roqim, ondin g’am yemas,
Bo’yla bema’ni so’z eshitmakka bilsang arzimas,
Har kishi ahl o’lsa ul bejoy so’z hargiz demas. Roqim

So’z durin la’li labingdin oqilu donog’a soch. Roqim

Kimsa badgo’ yonidin topdi ko’ngul har dam vafot,
Har so’zidur bir masih shirin zabona ko’z tutay. Uvaysiy

Daryo misoli bo’lsa kishi aslida,
So’zlarida jilo berur dilidagi har inju.

So’zlamasdin oldin so’zingni sina,
Har bir so’zdur umring ichida sina.

Kimki el g’amidadir gapu so’zi,
Aning har so’zi dunyoda ulug’ ganj.

Shum ajaldin ham yomonroq jangarini sosi tund,
Til uchida oshnodur, asli avzosi tund. Anbar Otin
Xomush o’ltur Muazzam, suhbati ahli tamiz ichra,
Mo’tabar bo’lmag’aysan, el aro behuda ko’p so’zlab. Muazzamxon

Suhbat elini sayd qilursan nizom ila,
Xushfe’l ham fasohati shirin kalom ila. Nodim Namangoniy

Muhayyir, tilni yig’ so’zdin, xomush o’l,
Agar qilmay desang sahvu xato ko’p.

Xushturur dono qoshida o’lturibxomushlig’,
So’zlashib johil bila qilguncha nodon birl bahs. Muhayyir

Jahonda kamsuxan kim bo’ldi, asrori nihon bo’ldi,
Kimiki so’zladi ko’p, bilki rasvoyi jahon bo’ldi. Zavqiy

Go’zallik yuzda ermas, ey birodar,
So’zi shirin kishi har kimga yoqar.

So’zing oz bo’lsinu, ma’noli bo’lsun,
Eshitganlar qulog’i durga to’lsun.

Har kishining fikr idrokin so’zi bildirg’usi,
Pistai bemag’z labini ochsa rasvo bo’lg’usi. Abdulla Avloniy

Jismi odam bo’lma, bilg’il odamiylik rasmini,
So’zlamak birla faqat inson qator etmas bo’lmas. Xurshid

Johil so’zi tarrak kabidur bemaza, lekin,
Ozroqqina ilmi ila sapcha xamak avlo. Xurshid

Suchuk so’z birla ko’rguz chehrani har kim duchor o’lsa,
Farosatlik suxanvor-sohib ehsonlikdan a’lodir. Oraziy