Ruanda

Ruanda (nyaruanda, banyaruanda) — bantu guruhiga mansub xalq, Ruandaning asosiy aholisi (7,1 million kishi). Shuningdek, Zair (3,4 milliondan ziyod), Uganda (1,1 million) va boshqa mamlakatlarda ham yashaydi. Umumiy soni — 12,35 million kishi (1990- yillar o’rtalari). Dindorlari — asosan, katoliklar, an’anaviy e’tiqodlar ham mavjud.