Rusafiy
Rusafiy (arrusafiy), Ma’ruf ibn Abd alg’ani (1875, Bag’dod — 1945.16.4) — Arab shoiri va adabiyotshunosi. Yangi Arab she’riyatidagi «ijtimoiy maktab» asoschisi. Diniy maktabni tugatib (1899), Istanbul, Damashq, Quddusda Arab adabiyotidan dare bergan. Ijodi 1910 yildan boshlangan. Rusafiyning «Faqirlik va kasallik» (1915), «yetim bayramda» (1928), «yetimxona» (1932) she’rlari ijtimoiy-siyosiy mavzuda. «Urushga» (1911), «Tripolida» (1944) she’rlarida Tripoli xalqining italyan bosqinchilariga qarshi olib borgan kurashi aks etgan. «Biz va xalqaro ahvol» (1942), «Aljavohiriyga noma» (1944) dostonlarida vatanparvarlik motivlari ifodalangan. Rusafiy asarlari «Devoni ar- Rusafiy» to’plamiga jamlangan (1959). «Arab tili va adabiyotidan ma’ruzalar» (1928), «Arab adabiyotidan ma’ruzalar» (1932) kabi kitoblar muallifi.