SABZAVOT
SABZAVOT (forscha tojikcha sabza — yam- yashil o’t, maysa) — rezavor va poliz ekinlari va ularning ovqatga ishlatiladigan mahsuli. Sabzavotlar jahonning deyarli barcha mamlakatlarida ekiladi. Sabzavot tabiiy yoki qayta ishlangan holida iste’mol qilinadi. Sabzavotlarning barchasi oziqlik, dorivor va parhez xususiyatiga ega. Ovqatga va yangiligida istemol qilish uchun Sabzavotlarning mevasi, yosh Novdasi, ildizi, ildizmevasi, tuganagi, urug’i, to’pguli, bargi va boshqalar ishlatiladi. Insonning bir kunlik ovqat ratsionida Sabzavot 600 grammni tashkil etishi kerak. Sabzavotning tarkibi va ozuqalik sifati mahsulot turiga, etishtirish sharoitiga va saqlanishiga qarab o’zgarib turadi. Shuning uchun ularni ko’proq yangiligida iste’mol qilinadi. Sabzavot mahsulotlari quruq moddasining asosiy qismini uglevodlar — kraxmal, qand, kletchatka hamda pektinli moddalar tashkil etadi. Sabzavot tarkibida qand (0,5—2,5%), organik kislotalar, xushbo’y moddalar, kul elementlari (0,4—3%), vitaminlar (5-50 mg%S vitamini, shuningdek, karotin, VG V2, RR va boshqalar) bor. Sabzavot tarkibida moy bo’lmaydi, oqsil kam miqdorda (1-2%, dukkaklilarda 5-6%), suv 65-96% ni tashkil qiladi. Shu sababli ularning energetik qimmati unchalik yuqori emas. (2 dan 2 ming kJ/kg gacha). Ammo Sabzavotda biologik faol birikmalar (kaliy, magniy, temir, fosfor tuzlari), mikroelementlar ham mavjud. Sabzavotlarning muhim fiziologik xususiyatlari ularning ishtahani qo’zg’atishi, boshqa mahsulotlarning hazm bo’lishini yaxshilashidir. O’zbekistonda Sabzavotlarning barcha turlari mart oyidan to kech kuzgacha, qishbahor fasllarida (issiqxona va parniklar)da yetishtiriladi. Ayrim Sabzavotlar qayta ishlanganda yoki ovqatga solinganda vitaminlar va xushta’mlik xususiyatlari birmuncha yo’qoladi. Tuzlash, marinadlash, tez muzlatish, vakuumda quritishda vitaminlar va boshqa moddalar ko’proq saqlanib qoladi. Abdunabi Hakimov.