Sabzavotchilik

Sabzavotchilik 1) dehqonchilikning sabzavot ekinlarini etishtirish b-n shug’ullanadigan tarmog’i. S. dehqonchilikning boshqa tarmoklari- dan kup jihatdan farq qiladi, jumla- dan, S.da ekinlar ochiq va himoyalangan (yopiq) erlarda etishtiriladi, aksariyat bir mavsumda hosil beradigan ekinlar ekiladi. Dala va himoya langan erdagi (q. Parnik, issiqxona ekinlari) ska bo’linadi. Sabzavot ekinlari ochiq may- donlarda (bahoryoz va kuz davrlarida) sabzavot hamda urug’, yopiq erlarda (mav- sumdan qat’i nazar) sabzavot olish uchun etishtiriladi. Himoyalangan erlarda o’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun (mas, issiqxonalarda) jami omil- lar sun’iy yaratiladi va uni boshqarish mumkin. Bu esa qish, erta bahor, kech kuzda ham sabzavot etishtiritsh imkoniyatini yaratadi. S.da etishtiriladigan ekinlar turining ko’pligi, biologik xususiyatla- rining xilmaxilligi b-n ham ajralib turadi. O’zbekistonda 70 ga yaqin turda- gi S. ekinlari etishtiriladi va q.x.da salmokli o’rinni egallaydi. O’rta Osi- yoda qovunning 2000 yil ilgari, tarvuz, qovoq, bodring, piyoz, sabzi, kalampir, turp va b.ning undan ham ilgari ekilga- ni ma’lum. Xalq selektsiyasida sabzavot ekinlarining dunyoga mashhur navlari yaratilgan. Asrlar davomida sabzavot ekinlarining tur tarkibi o’zgarib bor- Di. Mas, 19-a.ning 2-yarmidan Rossiya orkali pomidor, kartoshka, karam, gul- karam, bolgar qalampiri, Xitoydan esa rediska, patisson, Pekin karami va b. kirib keldi hamda asosiy ekinlar qatoridan joy oldi. O’zbekistonda S. 20-a.ning 30y.lari- dan boshlab keskin rivojlandi, ekila- digan ekin turlari va maydoni ko’paydi. 1934 y.da O’rta Osiyo sabzavotchilik taj- riba st-yasi tashkil etildi. 1940 y.da sabzavot ekinlari maydoni 25,3 ming ga, yalpi hosili 315,2 ming t., hosildorligi 125 ts/ga ni tashkil etdi. Urushdan keyingi yillarda kat- ta shaharlar va sanoat markazlariga yaqin erlarda ixtisoslashgan yirik S. xo’jaliklari tashkil etildi, S.ni mexa- nizasiyalash muammolari hal qilindi, himoyalangan erlarda sabzavot etishti- rish maydonlari kengaydi, kombinat ti- pidagi yirik issiqxonalar qurilishi boshlandi. Toshkent, Samarqand, Andi- jon va b. shaharlarda sabzavotlarni Kay- ta ishlash sanoati barpo etildi. 1960 y.da O’rta Osiyo sabzavotchilik tajriba st-yasi negizida O’zbekiston sab- zavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik i.t. in-ti ish boshladi. I.ch.ga yuqori si- fatli mahsulot beradigan, hosildor, ka- salliklar va zararkunandalarga chidam- li, turli muddatlarda pishadigan sab- zavot ekinlarining yangi navlari joriy etildi. Sabzavot ekinlari urug’chiligi va urug’shunosligi yo’lga qo’yildi. 1980 y. ga kelib O’zbekistonda sabza- vot ekinlari mayd. 104,3 ming ga, yalpi hosili 2459,1 ming t., hosildorligi 221 ts/ga ni tashkil etdi. 21-a. boshidan O’zbekistonda aholi jon boshiga yillik sabzavotlar is- te’molining fiziologik normalarini (jami 113,3 kg; shundan karam 2,1, pomi- dor 25,6, bodring 5,5, piyoz va sarimsoq 18,3, sabzi 18,3, lavlagi 5,5, boshqa sab- zavotlar 20,0 kg) ta’minlash maqsadida S. jadal rivojlantirilmoqda. Yirik shaharlar va sanoat markazlari atrof- laridagi tumanlar, asosan, S. b-n shug’ullanadi. Shirkat, dexdon va fermer xo’jaliklarida ochiq dalada polietilen plyonkalar ostida ertagi sabzavotlarni etishtirish yo’lga qo’yilgan. Respublika- ning Jan. viloyatlarida ertagi sabzavot- lar etishtirish rivojlanib bormokdi. S.da chet el navlari va tajribalari keng qo’llanilmoqda. 2000 y.da O’zbekistonda sabzavot ekinlari maydonlari 130,4 ming ga, yalpi hosili 2637,3 ming t, hosiddorligi 173,1 ts/ga bo’ldi. Chet ellarda S. qishloq xo’jaligining eng muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sharqiy Evropada — Bol- gariya, Vengriya, Ruminiyada rivojlangan, bu erda etishtiriladigan sabzavotlar- ning aksariyat qismi eksport qilinadi. Italiya, Niderlandiya (asosan, yopiq erlarga ekish rivojlangan), Ispaniya, Frantsiya (jon boshiga yillik sabzavot- lar iste’moli 150-200 kg ni tashkil etadi), Buyuk Britaniya, GFR, Polsha va b. mamlakatlarda S. katta maydonlar- ni egallaydi. S. AQSh, Yaponiya, Xitoy, Meksika, Afrika mamlakatlarda muhim o’rinda turadi. 2) sabzavot ekinlari biologiya- si va ularni etishtirish usullarini o’rganadigan, sabzavot mahsulotlari etishtirish intensiv texnologiyalarini ishlab chiqadigan fan. O’zbekistonda Ska oid i.t. ishlari O’zbekiston sabzavot, po- Liz ekinlari, kartoshkachilik instituti- da, O’zbekiston o’simlikshunoslik insti- tuti, Samarqand q.x. in-ti, Toshkent dav- lat agrar un-tida olib boriladi. Bu i.t. va o’quv muassasalarida ko’plab mahalliy va b. mamlakatlardan keltirilgan sab- zavot, poliz ekinlari namunalari o’rganiladi va kollektsiyalari saqlanadi. O’zbekiston ilmiy muassasalarida olim- lar 1990-2002 y. davomida sabzavot ekinlarining jami 100 dan ortiq nav va duragaylarini yaratdilar. Bu navlar- ning ko’pchiligi respublikadan tashqari boshqa mamlakatlarda ham ekilmoqda. Sabzavotchilik, polizchilik va kartosh- kachilik sohalarini o’rganish va rivoj- lantirishga P.P. Shreder, N.N.Balashev, N. S. Bakuras, K.I.Pangalo, A.K. Ka- riMov, V.I.Zuev, E.V.Ermolova, A.S. Shchukina, S.Q.Qo’chqorov, B.J.Azimov, A.B.Boqiev, A.Shakimov, A.M. Abbo- sov, X.Z. Umarov, D.T.Abdukarimov, O.Ya.Fokina, I.Esanov, A. Nuritdinov va b. ilmiy ishlari b-n, shuningdek, se- lektsionerlar A. Obidov (kartoshka), K. Yusupov (pomidor) va xalq selektsioner- lari O’rinboy Karimjonov, Matvafo Yusupov, Abdasxon Aligavharov kabilar amaliy yutuklari b-n katta hissa qo’shgan. S. uchun oliy va o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar Toshkent davlat agrar un- ti va q.x. kollejlarida tayyorlanadi. Ad.: Balashov N.N., Ovotshevodstvo. T., 1982, Rubsov M. I., Ovotshevodstvo, 3 izd. M, 1985. Rafiqjon Hakimov.