SACHRATQI
SACHRATQI, impetigo, shirincha — terining yuqumli yiringli kasalligi; streptokokklar va stafilokokklar qo’zg’atadi. Aksariyat yosh bolalarda uchraydi. Ko’pincha yuz, og’izburun atrofi, oyoq-qo’lda bo’ladi. Dastlab Ichida sarg’imtir suyuqlik bor pufakchalar paydo bo’lib, bir necha soat mobaynida suyuqlik yiringga aylanadi. Bir necha kundan keyin yaralar bitib, keyinchalik ular qurib qotadi va izi qolmaydi.