Safarov Nazir

Safarov Nazir (1905.9.1, Jizzax 1985.1.4, Toshkent) — O’zbekiston xalq yozuvchisi (1975). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1950). 2-jahon urushi qatnashchisi. Eski va yangi usul maktablarida o’qigan. Samarqandda qishloq o’qituvchilarini tayyorlash kur- sini tugatgach, Jizzax va Mitan (hoz. Ishtixon) tumanlarida o’qituvchilik qilgan (192024). Jizzax uezd maorif ti- zimida (1925-27), «qizil O’zbekiston» gaz. bo’lim mudiri, «ishchi» gaz. (1929— 32) va Yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib (1932— 35), adabiy maslahatchi (1947-53), Respublika kzsovxoz sayyor teatrida adabiy emakdosh (1938-39), O’zbekiston Davlat nashriyotida (1939— 41), Toshkent kinostudiyasida director (1946-47). Ilk maqolalar to’plami — «Yangi turmush uchun kurash» (Ziyo Said b-n hamkorlikda, 1930). Shundan keyin S.ning «qora kunlar ko’lankasi» (1931), «Unutilmas kunlar» (1932) to’plamlari chop etilgan. Dastlabki pesasi — «ta- rix tilga kirdi» (1931, Ziyo Sayd b-n hamkorlikda). «Uyg’onish» (1938), «Sharq tongi» (1948) pesalarida 1916 y. Jiz- zax qo’zg’oloni, O’zbekistonda sho’rolar tuzumi o’rnatilishi aks ettirilgan. S. «Hayot maktabi» (1954), «kimga to’y, kim- ga aza» (1963), «Lukash Botir» (1974, yo. Xudoyqulov b-n hamkorlikda) kabi pe- Salar muallifi. S. urushdan keyingi yillarda «ocher- klar» (1950) to’plami, «Oliyaxon sulto- Nova», «Xadicha Ahrorova» (1953), «katta karvon yo’lida» (1960), «uzoqni ko’zlagan qiz» (1961), «inson izi» (1971) singa- ri qissa va ocherklarini yozgan. S.ning «Ko’rgankechirganlarim» (1968) avtobi- ografik qissasi va «Navro’z» (1973) ro- manida 20y.larda Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi qishloq kishilari hayoti tasvirlangan. S. ishtirokida «Uyg’onish» (1957) va «er farzandi» (1961) filmla- rining stsenariylari yaratilgan. As: tanlangan asarlar [4 j.li], 1—4j.lar, T., 197477. Ad.: Ubaydullaev Sh., Nazir Safarov, T., 1976.