SALAMANKA UNIVERSITETI

SALAMANKA UNIVERSITETI – Evropadagi qad. un-tlardan biri. 1218 y. Ispaniyaning Salamanka sh.da tashkil topgan. O’rta asrlar va Uyg’onish davrida Bolonya, Parij, Oksford un- tlari qatori Evropadagi yirik madaniy markazlardan biri bo’lgan. Bu davrda un-tda tabiiy fanlar o’qitilgan, Arab madaniyati an’analari rivojlantiril- gan; Ibn Sino, Ibn Rushd va b. mashhur olimlarning asarlari ilk bor tar- jima qilingan, dastlabki entsiklope- Dik nashrlar tayyorlangan. Inkvizisiya hukmronligi davri (16-a.)da Kopernik- ning geliosentrik sistemasi o’qitilgan yagona o’quv yurti bo’lgan. Ispaniyaning iqtisodiy tushkunligi munosabati b-n 17-a. boshlaridan, ayniqsa, 19-a.ning 60y.lari Madrid un-ti ispan fanining markaziga aylangandan so’ng S.u. mavqei pasaydi. un-t falsafa va Filol., huquq, tibbiyot, tabiiy fanlar bo’yicha muta- xassislar tayyorlaydi. 24 mingga yaqin talaba ta’lim oladi; kutubxonasida 200 mingdan ortiq asar saqlanadi.