Saljuq, Saljuqbek ibn Do’kak
Saljuq, Saljuqbek ibn Do’kak (taxm. 9-a. oxiri —10-a. oxiri, Jand) — harbiy sarkarda, Saljuqiylar sulolasi bobokaloni; o’g’uzlarnnt qiniq urug’idan. Otasi Amir Do’kak (turkcha To’kak — te- Mir o’q) xazarlar xoqoni harbiy xizmati- da bo’lgan. S. yoshligidan Jasur sarkarda bo’lgan. Rashiduddinning yozishicha, S.ning 5 ta o’g’li: Isroil (Arslon yabg’u), Miko- il, Muso yabg’u, Yusuf va Yunus bo’lgan. S o’g’illari va o’ziga tobe urug’doshlari (jami 100 jangchi) b-n 1500 tuya, 50000 qo’y va ko’plab otlarni olib, Jand atroflariga ko’chib o’tgan (985) va chor- vadorlik b-n shug’ullangan. 992 y.da Jand hukmdori b-n ittifoq tuzib, o’z urug’doshlari b-n birgalikda Islom Di- nini qabul qilgan va o’g’uz yabg’ulariga qarshi kurashgan. Chorvadorlar o’rtasida Islom dinini tarqatganligi uchun S.qa «Malik alG’oziy» unvoni berilgan. U Yangikent va Jand atroflarini Ali yabg’u hukmronligidan xalos qilib, o’z hokimiyatini o’rnatgan. Ibn alAsirning yozyshicha, S. 107 (ba’zi manbalarda 100) yoshga kirib vafot etgan. Uning vafotidan so’ng o’g’illari: Mikoil, Muso, Arslon (Isroil) kabi amirlar boshchiligidagi Saljuqiylar so- moniylarning ijozati b-n Zarafshon vo- diysidagi nuri Buxoro (Nurota) atrof- larida ko’chib yurganlar (10-a. oxirlari). Gardiziy (11-a.) o’z asarida so’nggi so- Moniy Muntasi/shing qoraxoniylaraan Nasr Ilekxonga qarshi olib borgan ku- rashiga 1003-04 y.larda Saljuqiylar yordam berganligini ta’kidlaydi. S. avlodlari — Mikoilning o’g’illari: To’g’rulbek va Chag’ribek 11-a. 30y.larida saljuqlar — o’g’uzlarning harakatiga boshchilik qilib, Saljuqiylar davlati- ni tuzishgan. Manba: Mahmud Koshg’ariy, Devonu lug’otit turk, 1J., T., 1960; Sadriddin Ali alxusayni, Axbar addaulat Assel- djukiyya (Zubdat attavorix), M., 1980; Abulfazl Bayxaki, Istoriya Ma’suda (1030-1041), M., 1969.