SALVINIYA

SALVINIYA (Salvinia) — qirqquloqdoshlar oilasiga mansub suv o’simliklari turkumi. Bir yoki ko’p yillik o’simlik, ildizi yo’q, bargi 3 tadan bo’lib, 2 tasi suv betida qalqib, 3-si ingichkalashib, bo’linib suvga botib turadi. Sporokarpiysida mikro va makrosporangiylari bo’ladi. 10 tagacha turi, asosan, Amerika va Afrikaning tropik iqlimli yerlarida tarqalgan. Rossiya Yevropa qismining janubidagi chuchuk suvlarda suzuvchi Salviniya o’sadi.