Samarqand badiiy muzey- qo’riqxonasi
Samarqand badiiy muzey- qo’riqxonasi, Samarqand davlat Birlashgan tarixiy-me’moriy va badi- iy muzey-qo’riqxonasi — Samarqand sh. va Samarqand viloyatida muzeylarni Markaziy boshqarish, tarixiy, madaniy va san’at yodgorliklarini saklash va ro’yxatga olishni nazorat kilish, Yodgor- liklarni ta’mirlash va konservasiya- lashni boshqaruvchi yagona tashkilot. 1982 y. O’zbekiston madaniyati va san’ati ta- rixi muzeyi va uning bo’limlari, shu- ningdek, Samarqand sh. va Samarqand VI- loyatidagi me’moriy yodgorliklar negi- zida tashkil kilingan. Muzeyko’riqxona tarkibiga 8 ta muzey — O’zbekiston ma- daniyati va san’ati tarixi muzeyi (bosh muzey), Samarqand viloyat o’lkashunoslik muzeyi, Samarqand sh. (Afrosiyob) tari- XI muzeyi, Ulug’bek rasadxonasi Yodgor- lik tarixi muzeyi, Sadriddin Ayniy yodgorlik uy-muzeyi, Kattaqo’rg’on sh. tarixo’lkashunoslik muzeyi, Ishtixon tuman o’lkashunoslik muzeyi, Paxtachi tu- man tarix muzeyi va 6 ta me’moriy obi- dalar — Amir Temur maqbarasi, Bibixo- nim jome masjidi, Shohizinda ansamb- li, Hazrati Xizr masjidi, Xo’ja Doniyor maqbarasi, Nodir Devonbegi madrasasi kiradi. Muzeyqo’riqxona Samarqand VI- loyati hududida joylashgan muzeylar xa- zinasidagi noyob osori atiqalar va tari- xiy obidalarni avaylab asraydi, ilmiy jihatdan o’rganadi, ularni yangi topilma- lar b-n boyitadi, ular asosida yangi eks- pozisiya va ko’rgazmalar tashkil qiladi; shuningdek, ular haqida kitoblar, kata- log, buklet, yo’l ko’rsatkichlar nashr eta- Di, tarixiy obidalarda muzeylashtirish ishlarini olib boradi, muzeyqo’rikxona hududida amalga oshiriladigan qurilish va ta’mirlash ishlarini nazorat qiladi. Tarixiy, madaniy va san’at yodgorlikla- rini saklash bo’yicha mavzuli (jumladan, O’zbekiston san’ati va b.) kinolektoriy va xalq un-ti mashg’ulotlarini o’tkazadi. Muzey-qo’riqxona xazinasida o’zbek xalqi madaniyati va san’ati tarixining barcha davrlardagi taraqqiyotini aks et- tiradigan asl yodgorliklar — 206 ming- dan ziyod eksponatlar saqlanadi (2003). Muzeyqo’riqxona ma’muriyati Registon maydoni (O’zbekiston madaniyati va san’- ati tarixi muzeyi binosi)da joylashgan. Rahim Qayumov.