SARAEVODAGI QOTILLIK
SARAEVODAGI QOTILLIK – Avstriya-Vengriya taxtining vorisi Frans Ferdinand va uning xotinini Saraevo shahri (Bosniya)da o’ldirilishi (1914.28.6). «Yosh bosniyalik» maxfiy millatchilar guruhi tomonidan amalga oshirilgan. Saraevodagi qotillik Avstriya-Vengriya va Germaniya tomonidan Serbiyaga harbiy hujum qilishga bahona bo’lgan, natijada birinchi jahon urushi boshlangan.