SARDURI I

SARDURI I — Urartu podshosi (miloddan avvalgi 9-asrning 2-yarmi); Lutipri o’g’li. Ossuriya podshosi Salmanasar III ning zamondoshi; miloddan avvalgi 833 yil voqealari haqidagi bitiklarda Seduri nomi bilan qayd etilgan. Sarduri I davrida davlatning poytaxti Tushpa shahriga ko’chirilgan. Sarduri I Ossuriya bilan urushlar olib borgan. Sarduri I davrida Urartu podsholigi kuchli davlatga aylangan.