SARGASSO SUVO’TLAR

SARGASSO SUVO’TLAR – qo’ng’ir suv o’tlar bo’limiga mansub dengiz suvo’tlari. Butasimon shoxlangan, 1— 2 metr, ba’zan 10 metrgacha. Asosi va poyasi ko’pincha ko’p yillik, shoxlari 1 yillik. Iliq suvli dengiz qirg’oqlarida o’sadi. 150 dan ortiq turi va 6 turkumi bor. Atlantika okeanining g’arbiy qismida yirik suzuvchi qoplamlar hosil qiladi. Sedan alginat olinadi. Janubiy Sharqiy Osiyoda uchraydigan ba’zi turlari yeyiladi.