Sariq jizildoq

Sariq jizildoq, g’o’za tsika- dasi, katta g’o’za saratoni, (Cicadatra ochreata Mel.) — kuylovchi jizildoklar oilasiga mansub hasharot; q.x. ekinlari zararkunandasi. Voyaga etgan S.j.ning qanotlari zarg’aldoq tusli. Tanasining uz. 30 mm cha. Mo’ylovlari 3 bo’g’imli; orqa oyoqlari sakrovchi. Chala o’zgarish b-n ri- vojlanadi (tuxum, lichinka, nimfa, ima- go). Urgochisi o’simlik poyasining yuqori qismini teshib, shu joyga 10-15 tadan (hammasi 200 ga yakin) tuxum qo’yadi. Nati- jada o’simliklarning teshilgan joydan yuqorisi so’liydi va qurib qoladi. Shi- kastlangan yosh nihollarning 40% gachasi nobud bo’ladi. Lichinkalarining nimfa bosqichiga qadar rivojlanishi 3 yil da- vom etib, bu 5 yoshni tashkil etadi, nimfa holida qishlaydi. Voyaga etgan individ- lari may oyining oxiri — iyun bosh- larida, g’o’zaning shonalash davrida pay- do bo’ladi. S.j., asosan, yantoqzorlarda yashaydi. O’zbekistonda Buxoro viloyatida ko’p tarqalgan. Kurash choralari: partov va tashlandiq erlarni o’zlashtirish; S.j. doimiy uchraydigan erlardagi yantoqni erta o’rib olish; S.j.ning uchish va li- chinkalarining chiqish davrida zararlan- gan g’o’zaga 20% li sumisidin (0,5 l/ga) purkash. Sulton Alimuhamedov.