Sayyoralar

Sayyoralar — Quyoshning tortish kuchi ta’sirida uning atrofida aylanuv- chi yirik sharsimon jismlar. S. Quyosh atrofida aylanuvchi minglab mayda sayyo- ra (asteroid) lardan farq qiladi. Ular- ni juda qadimdan qo’zg’almas yulduzlar fonida siljib yurishidan sezib «adash- gan yulduzlar», ya’ni S. deb atashgan. Quyosh atrofida aylanuvchi yirik S. 9 ta (Merkuriy, Venera, Er, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, Pluton). Ulardan 5 tasini oddiy («qurollanmagan») ko’z b-n ko’rish mumkin. Qadimda barcha S. va Quyosh er atro- fida aylanadi deb noto’g’ri talqin qilingan. 16-a. boshlarida polyak astro- nomi N. Kopernik S.ning Quyosh atro- fida aylanish tartibini aniqladi. Italyan olimi g. Galiley o’zi yasagan teleskopda S.ni kuzatib, ular sharsimon jismlar ekanligini aniqladi. U Vene- Rani ham xuddi oy kabi turli fazalar- da ko’rinishini kuzatib, S. o’zidan nur chiqarmasligini, balki Quyosh nurlarini qaytarishi hisobiga yulduzlarga o’xshab Ravshan ko’rinishini aniqladi. Teleskop ixtiro qilingach, Quyosh sistemasida yana 3 ta yirik Sayyora topildi: 1781 y.da in- gliz astronomi V. Gershel Uranni, 1846 y. frantsuz astronomi u. Levere hamda ingliz astronomi J. Adams Neptunni va 1930 y.da amerikalik astronom Tombo Plutonni kashf etdi. S. fizik tabiatiga ko’ra, er tipi- dagi S. va gigant S.larga bo’linadi: er tipidagi S.ga Merkuriy, Venera, er, Mars, gigant S.ga esa Yupiter, Saturn, Uran, Neptun kiradi. Pluton yaxshi o’rganilmaganligi uchun qaysi tipdagi- ga mansubligi hali aniq belgilanmagan. Er tipidagi S.ning fizik tasniflarida bir qancha umumiylik bo’lib, ularning o’lchami va massasi uncha katta emas (er — ular ichida eng kattasi), qattiq sirt qobig’iga va atmosferaga (Merkuriydan tashqari) ham ega S.dir. Ularning o’rtacha zichliklari nisbatan yuqori bo’lib, er zichligiga (5,5 g/sm3) yaqin. Gigant S. o’lchami va massasi juda kattaligi b-n er tipidagi Sdan farq qiladi, o’rtacha zichliklari ularnikidan ancha kichik. Gigant S. nisbatan tez ayla- nishi, qattiq sirtga ega emasligi va juda qalin geliy hamda vodorodli (qisman metan — SN4 va ammiak — NH3 aralash- Mali) atmosfera qobikdarining mavjud- ligi b-n ham er tipidagilardan keskin farq qiladi. Quyosh atrofida bu ikki guruhga kiruvchi S. dan tashqari o’n min- glab mayda S. (asteroidlar) ham aylana- Di. Ular Quyoshdan o’rtacha 2,8 astronomik birlik masofada, Quyosh atrofida ayla- nadi; bu zona asteroidlar mintaqasi deb yuritiladi. S. ko’rinish shartlariga ko’ra ham 2 guruhga bo’linadi: orbitalari er orbitasining ichki qismida joylashgani — ichki (Merkuriy va Venera), tashkari- da joylashgani esa tashki S. (Mars, Yupi- ter, Saturn, uran, Neptun va Plutonlar) deb ataladi. Ichki S. Quyosh chiqishidan oldin (Sharq tomonda) va Quyosh botgan- dan so’ng (G’arb tomonda) davriy ko’rinish holatlarida bo’la oladi, tashki S. tun- da turli paytlarda, jumladan, butun tun davomida ko’rinish holatlarida ham bo’lishi mumkin. S.ning fizik tabiati 20-a. 2-yarmidan boshlab, sayyoralararo avtomatik st-yalar yordamida muntazam o’rganila boshladi. Xususan, Merkuriy «Mariner», Venera «Venera», Mars — «Mars», «Viking», gigant S. esa AQShning «katta tur» da- sturi bo’yicha uchirilgan. «Pioner10, 11», «Voyajer» avtomatik st-yalari yorda- mida samarali tadqiq qilindi. Erdan turib olib borilgan bevosi- ta kuzatishlar orqali topilgan S.ning yo’ldoshlari quyidagilar: erda 1 ta (Oy), Marsda — 2 ta, Yupiterda — 12 ta, Saturnda — 9 ta, Uranda — 5ta, Neptun- da — 2ta, Plutonda — 1ta. Keyinchalik kosmik apparatlar yordamida gigant S. atrofida yana o’nlab yangi yo’ldoshlar to- pildi (q. Sayyoralarning yo’ldoshlari). S.ning ayrimlari (er va Yupiter) se- zilarli magnit maydoniga ega. Er magnit maydonining kuchlanganligi uning Geo- magnit qutblarida 0,63 erstedni, geomag- nit ekvatorida esa 0,31 erstedni tashkil etadi. Koinot qa’ridan va Quyoshdan ke- layotgan kosmik nurlar va zarralar oqimi (asosan, elektronlar va protonlar) ni er magnit maydoni tutib qoladi. «Qafasga tushgan» bunday zarralarning energiyasi va kontsentrasiyasi ularning er sirtidan uzokligi va geomagnit kengligiga bog’liq bo’ladi. Bunday zarralar oxiroqibatda Er atrofida, geomagnit ekvatorni o’rovchi halqa yoki kamar shaklini oladi. Er va Yupiter atrofida turli ba- landliklarda hosil bo’lgan va radiasion kamar deb ataluvchi ana shunday kuvvatli elektron hamda protonlardan tashkil topgan kamarlardan bir nechtasi oxirgi yillarda kashf etildi. Ad.: Ksanfomaliti L. V., Planeti Otkritie zanovo, M., 1978; Kulikovskiy P. G., Spravochnik lyubitelya astronomii, M., 1971; Silkin B.I., V mire mnojestva Lun, M., 1982; Mamatazimov M., Quyosh si- stemasi haqida ocherklar, T., 1984.