Sekresiya

Sekresiya (lot. secretio — ajra- tish) — bez hujayralarida organizmning hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan maxsus mahsulotlar — sekretlar hosil bo’lishi va chiqarilishi. Organizm hayot faoli- yati davomida har bir hujayrada ichki yoki tashqi muhitga ajratiladigan me- tabolizm mahsuloti hosil bo’ladi. Agar sekret ajratish maxsus hujayraning asosiy funktsiyasi bo’lsa, bu funktsiya S. deb ataladi. Tashki yoki ekzokrin S. (bez hosil qilgan mahsulot tashqariga chiqariladi), ichki yoki endokrin S, yoxud inkresiya (sintezlangan moddalar qon yoki limfaga ajratiladi) bo’ladi. Har qanday bezning sekretor tsiklida ikki: sekret biosintezi va sekret ajratilishi fazalari bor. Ba’zi bezlarda ikkala faza bir vaqtda, ayrimlarida esa boshka payt- da sodir bo’lishi mumkin. S. — hujayra ichida sintez qilingan mahsulotning astasekin etilib, ketma-ket bir organo- IDdan boshqasiga o’tkazilib turadigan iz- chil jarayondir. Boshlang’ich mahsulotlar (aminokislotalar, monosaxaridlar, yog’kislotalari, tuzlar) qon va to’qima suyuqligidan bez hujayralariga yutila- Di. Sekret biosintezi (ayniqsa, oqsil mahsulotlari) endoplazmatik to’rda boshlanadi. Bunda hujayra membranasi- da adsorblangan aminokislotalar (ribo- Soma) ribonuklein kislota (RNK)si bel- gilangan ketma-ketlik asosida birbiri b-n birikadi. Sintezlangan boshlang’ich mahsulot endoplazmatik to’r tirqishlari va lakunalarda yig’iladi, so’ng gol- Ji komteksta o’tib, u erda etiladi. Bez hujayralaridagi juda ko’p mitoxondri- yalar bu jarayon uchun energiya beradi. Sekretor tsiklning ikkala fazasi re- gulyasiyasi ham bir necha boshkaruvchi (nerv va gumoral) omillarning hamkorlikda yoki birinketin ta’siri b-n belgila- nadi (q. Neyrogumoral regulyasiya) S. neyrogormonlarni ishlab chiqaradigan ba’zi neyron (neyrosekretor)lar va Max- sus moddalar — mediatorlarni hosil qiladigan oddiy nerv hujayralari uchun ham xos.