Sel
Sel — tog’vodiylari, soylar va jar- lardan oqib keladigan, katta vayrongar- chilik kuchiga ega bo’lgan qisqa muddatli loyqa yoki loyqatosh aralash kuchli suv oqimi. Qorlarning jadal erishi, kuch- li jala yogishi natijasida tog’larda»n boshlanadigan kichik dare va soylar havzalarida sodir bo’ladi. Kavkaz, O’rta Osiyo, Qrim, Karpat, Sharqiy Sibir tog’larida kuzatiladi. S. tarkibiga qarab loyqatoshli, loyqali, suvtoshli, suvshoxshabbali turlarga; fizik turi- ga ko’ra qovushoq va noqovushoq turlarga bo’linadi. O’rta Osiyoda S. tog’olditog’li zonalarda ko’p uchraydi. O’zbekistonda Farg’ona vodiysi, ChirchiqOhangaron havzasi daryolarining tog’li qismlari; Kirg’izistonda Talas, Chu, Norin Daryo- lari hamda Issiqko’l havzalari, Chatqol va olay tog’larining yon bag’irlari; to- jikistonda Zarafshon, Surxob, Obi- xingov, Varzob, Vaxsh, Panj va b. Daryo havzalari; Turkmanistonda katta bol- Xan va Kopetdog’yon bag’irlari xavfli S. mintaqalari hisoblanadi. S. xalq xo’jaligiga katta zarar et- kazadi; aholi punktlari, gidrotexni- ka inshootlari, yo’l, ko’prik va h.k.ni vayron qiladi, q.x. ekinzor, bog’va yo’llariga loyqa aralash tosh, toshshag’al chiqarib tashlaydi, tuproq qatlamini yuvib ketadi. S.ga qarshi kurashish uchun tashkiliyxo’jalik, agroo’rmon meliora- tsiyasi va gidrotexnika tadbirlari kom- pleksidan iborat seldan himoya vosita- lari qo’llaniladi (q. Sel ombori).