Sensillalar

Sensillalar (sensilla) — umurtqasiz hayvonlarning sezgir tukcha- lari; tashqi va ichki reseptorlar vazifa- sini bajaradi. Bo’g’imoyoklilar, ayniqsa, hasharotlarda xilmaxil bo’ladi. Kutiku- la qismining tuzilishiga ko’ra, trixoid, bazikonoid, qo’ng’iroqsimon, xordoto- nal va b. xillarga ajratiladi. S.ning kutikula qismi ichi bo’sh qilga o’xshash yoki tana qoplog’ichi ostiga botib kirgan bo’ladi. Kdpsimon S. — mexano va xemo- reseptorlar hisoblanadi; bazikonoid S. harorat, namlik va b. ta’sirlarga sezgir. S. hayvon tanasining hamma qismida uch- raydi, ayniqsa, mo’ylovlar (asalarilar erkagida faqat hid bilish S.ning o’zi 30 000 ga yaqin), og’iz organlarining (xemo, termo, gigra va mexanoreseptorlar), dum o’simtalari va oyoklarda (mexano va xemo- reseptorlar) ko’p bo’ladi. S. tarqoq yoki to’p bo’lib joylashishi; o’zaro birlashib, murakkab (timpanal, jonstonov va b.) organlarni hosil qilishi mumkin. S. trixogen (qil hosil qiluvchi) gormogen (membranali) va aksonli sezgir neyron hujayralardan iborat. Neyron aksoni Markaziy nerv sistemasi b-n bog’langan. Mexanoreseptorlarda elektr impuls dendrit uchki qismining siqilishi, Xe- moreseptorlarda modda molekulasining filamentlar b-n kontakti tufayli pay- do bo’ladi. S. neyroni ta’sirni qabul qilib, nerv impulslariga aylantiradi.