SENZURA
SENZURA (lot. censura) — matbuot ustidan davlatning maxsus nazorati. Televideniya, radio, kino, foto, tasviriy, musiqa, veb-sayt, portal, nashrlar va boshqa informatsiya tarqatuvchi manbalarni, ularda namoyish etiladigan axborotlarni davlatning maxsus organlari tomonidan cheklash, ta‘qiqlash yoki butunlay bekor qilishning o’ziga xos shakli. Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra demokratik va totalitar davlatlardagi mavjud senzura o’rtasida farqlar mavjud. Jumladan, demokratik huquqiy davlatlardagi senzura asosan mamlakatning ichki va tashqi xavfsizligini ta‘minlash, davlat hokimiyati organlari faoliyatinining stabilligini hamda inson huquq va erkinliklarini ta‘minlashga qaratilgan. Totalitar davlatlarda senzuraning ahamiyati sezilarli darajada ortadi. Bunda davlat nazorat va taqiqilovchi senzurani amalga oshiradi. Bu asosan repressiv organlarining manipulyativ, militsiya kabi vazifalari bilan bir vaqtda kechadi. Totalitar davlatlarda senzura nafaqat istalmagan axborot tarqalishini chegaralaydi, balki professional ijodiy jarayon va fuqarolarning shaxsiy hayotiga ham aralashadi. Senzuraning harbiy, davlat, iqtisodiy, tijorat, siyosiy, mafkuraviy, axloqiy va ma‘naviy shakllari mavjud.