Serpushtlik
Serpushtlik — hayvonlarda har bir tur uchun xos bo’lgan, tabiiy o’lim o’rnini qoplash uchun zarur bo’lgan pusht qoldirish xususiyati. S. hayvonlarning turli guruhida har xil. Uzoq yashay- digan va naeli haqida ko’p g’amho’rlik qiladigan hayvonlar bir yilda, ko’pincha bir necha yilda 1 marta 1-2 tadan bola- laydi. Kisqa umr ko’radigan hayvonlar (mas, kemiruvchilar) 1 yilda bir necha marta 10-15 tadan bolalaydi. Tuxum qo’yib ko’payadigan hayvonlar serpusht- ligi yuqori bo’ladi. Ayrim hasharotlar bir necha yuz minglab, hatto mln.ta, oybaliq birdaniga 300 mln gacha tuxum qo’yadi. S hayvonning yoshi, yil mavsumi, oziq xili va miqdori, iqlim sharoiti, populyasiya zichligi va b. omillar ta’- sirida o’zgarib turadi. S.ni oshirish chorvachilikda katta ahamiyatga ega. Yaqin qarindoshlar o’rtasida uzoq vaqt davomi- da o’tkaziladigan duragaylash serpusht- likni kamaytiradi, hatto pushtsizlikka olib kelishi mumkin. Ko’pincha uzoq for- malarni chatishtirish ham qisman yoki bu- tunlay pushtsizlikka olib keladi.