Sevan, Go’kcha

Sevan, Go’kcha — Armaniston va Kavkazdagi eng katta ko’l, 1900 m baland- likda. Mayd. 1360 km2. O’rtacha chuq. 28,5 m. Eng chuqur joyi 83 m. S.ni 2 ta burun shim.g’arbiy (kichik S.) va Jan.Sharqiy (Katta S.) qismlarga ajratib turadi. Ko’lga 28 soy quyiladi, ko’ldan Razdan (Zanga) daryosi oqib chiqadi. Bu daryoga 6 ta GES qurilgan. Sda xonbaliq va b. ba- liklar ovlanadi. Ko’l suvi va Razdan da- ryosining suvidan Sevan GES kaskadida foydalaniladi. Arpa daryosining suvi- ni ko’lga quyish uchun arpa — Sevan ton- Neli (uz. 49 km) qurilgan. S. sohilida Sevan sh. joylashgan. Ko’l atrofi dam olish zonasiga aylantirilgan. Turizm rivojlangan.