Shayx Xudoydod

Shayx Xudoydod, Xalifa Xu Doydod ibn Toshmuhammad Azizon al-Buxoriy (18-asrning 1-choragi, Xorazm — 1801 yil iyun, Buxoro) — mashhur Shayx, yassaviylik tariqatining yirik namoyandasi. U 16-17 yoshlarida ilm olish uchun Buxoroga kelgan va shu yerda yashab qolgan. Mir Arab madrasalarini tugatib, unda dars bergan. Ko’li Odina qishlog’iga kelgan va bu yerda xonaqoh va masjid qurdirgan hamda yassaviylik tariqatining murshidi sifatida faoliyat olib borgan. Tarixchi Nosiruddin alhanafiynit yozishicha, 1785-86 yillarda Buxoro shahriga qaytib, bu yerda ham xonaqoh, madrasa, Sardoba qurdirib, ularga vaqf ajratadi. Shayx Xudoydod shariat va tariqat masalalariga oid qator asarlar yozgan. Shayx Xudoydod asarlarining qo’lyozmasi O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi.