Shou Jorj Bernard
Shou Jorj Bernard (1856.26.7, Dublin 1950.2.11, Eyotsentlorens) — ingliz yozuvchisi, dramaturg. 1871 yilda diniy maktabni tugatgach, birmuncha vaqt ruhoniy bo’lib ishlagan. 1876 yilda Londonga ko’chib borib, jurnalistika va badiiy ijod bilan shug’ullangan. Dastlabki romanlari — «misi chiqqan nikoh», «Artist sevgisi», «Keshel Bayronning kasbkori», «havaskor sosialist» 1881— 83 yillar chop etilgan. Shouning «tul xonadonlari» (1882), «Yurakxo’r» (1883), «Uorren xonimning kasbkori», (1884) ilk pyesalari sahna yuzini ko’ra olmagan. Shu bois muallif ularni «yoqimsiz pesalar» (1898) nomi bilan nashr etgan. Shundan so’ng Shouning «Yoqimli pyesalar» («qurol va inson». «Kandid», 1894; «taqdir arzandasi», «Yashasak — ko’rarmiz», 1895) hamda «Puritanlar uchun uchta pesa» («shay- tonning shogirdi», 1896-97; «Tsezar va Kleopatra», 1898; «kapitan Brasbundning murojaati» e’lon qilingan. Ushbu pesalarni yaratish jarayonida Shouning dramaturgik metodi uzilkesil shakllangan va u «g’oyalar dramasi» sifatida shuhrat qozongan zamonaviy dramaturgiyaning asoschilaridan biri bo’lib qolgan. Jahon dramaturgiya tarixiga sermahsul dramaturglardan biri sifatida kirgan Shou 30 dan ziyod sahna asarlarini yaratgan. Shouning «Pigmalion» (1913), «Yuraklar vayron bo’layotgan xonadon» (191319), «olma ortgan arava» (1919), «Mafusail sari orqaga» (1918-20), «Avliyo Ioanna» (1923), «yomon bo’lsa ham, haqiqat» (1931), «millioner ayol» (1936), «Jeneva» (1938), «yaxshi qirol Karlning oltin kunlarida» (1939) kabi asarlari rang-barang mavzularga, turli janr ko’rinishlariga ega bo’lib, unda tarix va jamiyatda ro’y bergan voqealar yangicha talqin etilgan, jamiyatda sodir bo’layotgan o’zgarishlarni turli nuqtai nazardan ko’rsatishga qaratilgan. Shouning gumanizm g’oyalari bilan sug’orilgan dramaturgiyasi 20-asr adabiyotida muhim voqea bo’lgan, jahon dramaturgiyasi va teatrining keyingi taraqqietiga katta turtki bergan. Nobel mukofoti laureati (1925). Ayrim pyesalari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Polnoe Sobranie pes. t. 1-6, L., 1978-80. Ad.: Pirsoi X., Bernard Shou. M., 1972; Balashov P., Xudojestvsnniy Mir Bernarda-Shou, M.. 1982.