SHU’DAQANOTLILAR
SHU’DAQANOTLILAR — suyakli baliqlar kenja sinfi. Hozirgi baliqlarning 97% turini o’z ichiga oladi. Xordasi qisman saqlanib qolgan. Yuqori jag’lari bosh suyagi bilan harakatchan Birlashgan. Terisi tangachadar (gonosid, tsikloid yoki ktenoid), ba’zan suyak plastinkalar bilan qoplangan yoki yalang’och. Xoanlari bo’lmaydi. Orqa suzgichi ko’pincha bitta ba’zan 2 yoki 3 ta. Dumi gomoserkal, suzgich pufagi bor. Anal va siydiktanosil organlari yo’li ajralgan. 2 infrasinfi: gonoid va suyakli baliqdar ma’lum. Shu’daqanotlilarning 37 turkum va 430 oilaga mansub 20 mingga yaqin turi ma’lum.