Siderit

Siderit (Yun. sideritis — temir) — karbonatlar sinfiga mansub mine- ral. Sinonimi — temir shpati. Kaltsit guruhidagi temir karbonati. Kimyoviy formulasi FeCO,. Tarkibida 62% FeO, 38% SO2 bor. Tabiatda FeCO3—Mpso3; FeCOjMgCO,; FeCO3CaCO3 va FeCO3— Soso3 kabi izomorf qatorlarni tash- kil etadi. Kristallari romboedrik, prizmatik va tabletkasimon bo’ladi. Kristall strukturasi ankeritnikiga o’xshash. Agregatlari donali oolitli, tuproqsimon; qizg’ishjigarrang, sargish va yashilsimon kulrang. Nuraganda to’q qo’ng’ir rangga o’tadi. Qattiqligi 4-4,5; zichligi qariyb 4 g/sm3. Shishasimon yaltiroq, qizdirilganda NaCl da eriy- Di. Katod nuri ta’sirida yorqin pushti rangda tovlanadi. Gidrotermal, meta- morfik va cho’kindi yo’llar b-n tiklovchi geokimyoviy sharoitlarda hosil bo’ladi. Muhim temir rudasi hisoblanadi. O’zbekistonning deyarli barcha rudali r-nlarida uchrasada, amalda ishlatil- maydi.