SIGBAN, Zigban
SIGBAN, Zigban (Siegbahn) — otao’g’il shved fiziklari: Karl Manne Georg (1886.3.12, Erebru — 1978.24.9, Stokgolm) — shved tadqiqotchifizigi, yadro spektroskopiyasi asoschisi. Shve- tsiya Qirollik FA a’zosi (1922 y.dan), London Qirollik jamiyati a’zosi (1933 y.dan). Lund un-tini tugatgach (1911), shu un-tda ishlagan (1920 y.dan prof.). Upsa- la un-ti prof. (1924-37), Nobel fizi- ka in-ti (Stokgolm) direktori (1937— 64). Ilmiy ishlari rentgen spektrosko- piyasi, yadro fizikasi va yadro spektro- skopiyasiga oid. Birinchi marta roentgen nurlari dispersiyasini aniklagan va uni o’lchagan. 1 mm da 1800 bo’limli difrak- tsion panjarani yasagan va uning yorda- mida yumshoq rengten nurlarni o’lchagan. Deyarli barcha kimyoviy elementlarning rentgen spektrini o’rgangan va yangi spektral chiziklarning katta mikdorini aniklagan. Nobel mukofoti laureate (1924). Kay Manne (1918.20.4, Lund) — shvedfizigi. K. M. G. Sigbanning o’g’li. Upsala un-tini tugatgan (1939), Upsala un-ti prof. (1954 y.dan). Ilmiy ishlari yadro va fotoelektron spektroskopiyasi- ga oid. Kimyoviy tadqiq uchun electron spektroskopiya usulini ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1981).