SIGIRQUYRUQDOSHLAR
SIGIRQUYRUQDOSHLAR (Scrophulariaceae) — ikki urug’pallalilar sinfiga mansub o’simliklar oilasi. Ko’pchiligi o’t va yarim buta, ayrimla- ri buta va daraxt (daraxtsimon turlari tropik va subtropik rayonlarda uchray- Di). To’pguli shingilsimon, ro’vaksimon. Gullari har xil, changchilari 2— 5 ta, urug’chisi bitta. Tugunchasi ikki uyali. Ko’pchiligining mevasi ko’sakcha. 5000 dan ortiq turi (300 ta turkumi) bor. AK-sariyati o’rta mintaqalarda tarqalgan. O’zbekistonda 25 turkumga mansub 226 turi bor. Ba’zilari ekinlar orasida begona o’t sifatida usadi. Ko’pchiligi zaharli bo’lgapi uchun mollar emay- Di. Angishvonagul, sigirquyruq va b. tibbiyotda ishlatiladi. Ajdargul, itbinafsha manzarali o’simlik si- fatida o’stiriladi. O’zbekistonning adir va tog’yon bag’irlarida tarqalgan sigirquyruqning bo’yi 60-150 sm, barglari bandsiz, mevasi va poyasi tuk b-n qoplangan, sariq shingilsimon to’pgulli, mevasi ko’sakcha. Iyundan sen- tyabrgacha gullaydi. Sigirquyruqni mol emaydi. Tarkibida saponin va S vitami- ni bor. Bargidan tayyorlangan qaynatma xalq tabobatida jarohatni davolashda ishlatiladi.